ELLE Uzbekistan | Ayollar uchun birinchi media (@elle.ozbekiston)
456 posts - 19.46k followers - 30 following
Moda, goʻzallik, jamiyat va madaniyat haqida.
ELLE «Future Forward» nashrini buyurtma qiling 👇
Yoz yangi hikoya bilan boshlanadi — kunlar mazmuniga sokin qarorlar va kichik kashfiyotlar bilan yo‘g‘rilgan hikoya. ELLE O’zbekiston Green Summer Issue dunyoga befarq bo‘lmagan moda, samimiylik aks etgan go‘zallik va trendlarda emas, balki ongli harakatlarimizda namoyon bo‘ladigan uslub haqida so‘zlaydi. Ushbu sonning har bir sahifasi mayin shabadadek — chuqurroq nafas olishni, sinchkovroq his qilishni va hayotni yanada ko‘proq sevgi bilan yashashni eslatadi. Yangi son allaqachon sotuvda — u sizning bu yozingiz boshlanishi bo‘lsin. Cover №4: Editor-in-Chief: @rushanamamadalieva Producer: @serafim_dim Photographer: @asalyadjuraeva Videographer: @shoiraa.kh Stylist: @idyll.89 / Antonina Stepanova, Stefania Dimitrieva — Glamour Avenue Department Store @glamour.av MUAH: @kambek_makeup Gaffer: @_timurazim_ Model: @faati__._ / NN MODELS @nnmodelagency Contest Designers: @elephantinthebattle_, @g_shuhratovna, @yokubova_n Yordam va ko‘mak uchun «O‘zbekgidroenergo» AOga minnatdorchilik bildiramiz.
Лето открывается новой историей — той, что вплетается в ткань дней тихими решениями и маленькими открытиями. ELLE O’zbekiston Green Summer Issue рассказывает о моде, которая не закрывает глаза на мир, о красоте, в которой есть честность, и о стиле, что живёт не в трендах, а в наших осознанных поступках. Каждая страница этого выпуска словно лёгкий ветер — напоминает дышать глубже, чувствовать внимательнее и жить с чуть большей любовью. Номер уже в продаже — пусть он станет вашим началом этого лета. Cover №4: Editor-in-Chief: @rushanamamadalieva Producer: @serafim_dim Photographer: @asalyadjuraeva Videographer: @shoiraa.kh Stylist: @idyll.89 / Antonina Stepanova, Stefania Dimitrieva — Glamour Avenue Department Store @glamour.av MUAH: @kambek_makeup Gaffer: @_timurazim_ Model: @faati__._ / NN MODELS @nnmodelagency Contest Designers: @elephantinthebattle_, @g_shuhratovna, @yokubova_n Благодарим АО «Узбекгидроэнерго» за помощь и содействие.
O‘tmish va kelajak bir shakl-shamoyilda uchrashganda mazmunan boy uslub yuzaga keladi. U barchani hayron qoldirishga shoshmaydi, balki qolgan qiyofalarga nisbatan ancha ohista gapirar, lekin aytmoqchi bo‘lganlarini ishonch bilan bildiradi: bu shunchaki moda uchun yaralgan moda emas, avlodlar xotirasini hozirgi zamon tilidan yetkazuvchi uslubdir. An’analarni modernizatsiyalash bu madaniy kodni o‘chirib tashlash emas, uni davom ettirish va bu kodga bo‘lgan hurmat ajib shaklga kiruvchi transformatsiyadir. Bu tuprog‘i qayerdan olinganini unutmaydigan, ildizlarini qadrlaydigan, shu bilan birga o‘zgarishlardan qo‘rqmaydiganlarning tanlovidir. _____ Когда прошлое и настоящее встречаются в одном силуэте, одном взгляде - рождается стиль с глубиной. Он не стремится к эпатажу и возможно говорит тише, но зато увереннее: это не мода ради моды, а язык, передающий память поколений в контексте нового времени. Модернизация традиций - это не стирание культурного кода, а его продолжение, трансформация, в которой уважение обретает форму. Это выбор тех, кто умеет ценить корни, но не боится перемен. Autor: AZIZA DANIYAROVA Photographer: @morganemaurice Model: @aysha23_11 @nnmodelagency Producer: @shelin.hodj Stylist: @aminabelakramova MUAH: @mirova_makeup
Giorgio Armani kuch-qudrat qichqiriqda emas, balki sukutda ekanligini butun dunyoga o‘rgatdi. Uning yumshoq yelkali kostyumi ishonch timsoliga, minimalizmi esa abadiy nafosatning sinonimiga aylandi. Moda olami tarixida u matoni erkinlik me’morchiligiga aylantirgan musavvir sifatida qoldi va uning g‘oyalari merosida hamon yashamoqda. _____ Giorgio Armani научил мир, что сила не в крике, а в тишине. Его костюм с мягким плечом стал символом уверенности, его минимализм — синонимом вечной элегантности. Для моды он навсегда остался художником, который превратил ткань в архитектуру свободы — и в этом его наследие продолжается. Credits: armani.com
«O‘zbek tili — urfda» ELLE lug‘atini davom ettiramiz. To‘g‘nog‘ich — zargarlik buyumi bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida matoni mahkamlaydi va obrazni yakunlaydi. U qimmatbaho yoki nodir metallardan yasaladi, aksariyat hollarda tosh, marvarid, emal, kichik hajmli haykallar bilan bezatiladi. Shakllari xilma-xil — gullar va hasharotlardan tortib mavhum kompozitsiyalargacha o’zida qamrab oladi. Tugma yoki ilgakka mahkamlanadi, qaytarma, ko‘ylak, sharf va shlyapalar uchun mos keladi. Bugungi kunda to‘g‘nog‘ich shunchaki aksessuar emas, balki uslub va o‘ziga xoslikni ta’kidlovchi san’at ashyosidir. _____ «Узбекский язык - это модно». Продолжаем глоссарий от ELLE. Брошь — ювелирное украшение, которое одновременно фиксирует ткань и завершает образ. Выполняется из драгоценных или благородных металлов, часто декорируется камнями, жемчугом, эмалью или миниатюрной скульптурой. Формы разнообразны — от цветов и насекомых до абстрактных композиций. Крепится на булавке или замке, подходит для лацканов, платьев, шарфов и шляп. Сегодня брошь — не просто аксессуар, а арт-стейтмент, подчеркивающий стиль и индивидуальность.
Emili Blant o‘zining go‘zalligi bilan barchani qanday maftun eta olishini biladi. “The Smashing Machine” filmi premyerasida aktrisa Tamara Ralph brendining yaltirab turgan libosida paydo bo‘ldi. Libos unga shunchalik mos tushganki, xuddi uning uchun maxsus qilib tikilgandek. Yakuniy aktsentlar — Tiffany & Co taqinchoqlari va toshlarning rangiga mos lab bo‘yog‘i obrazni butun va unutilmas qildi. _____ Эмили Блант знает, как ослепить всех своей красотой. На премьере фильма «Крушащая машина» актриса появилась в блестящем платье бренда Tamara Ralph, которое сидело так безупречно, будто было отлито прямо по ней. Финальные акценты - украшения Tiffany & Co и помада в тон камней - сделали образ завершённым и запоминающимся. Autor: AZIZA DANIYAROVA Video: @valeriiarii #venicefilmfestival
Venetsiyada Jeykob Elordi o‘zining yangi avlod moda belgisi ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Guillermo del Toroʼning Frankenstein premyerasida u Bottega Venetaʼning maxsus tikilgan smokinida — keng yelkali va erkin kesimdagi kostyumda paydo bo‘ldi. Bu uslubni u o‘tgan yili elchisi bo‘lgan Moda Uyi bilan birga rivojlantirib kelmoqda. Elordining estetikasini biz albatta yoqtiramiz — yengil beparvolik va sezilar-sezilmas detallar: kichkina sirg‘alar va kichik barmoqqa taqiladigan uzuk. Albatta, yoqadi! _____ В Венеции Джейкоб Элорди снова подтвердил свой статус модной иконы нового поколения. На премьере Frankenstein Гильермо дель Торо он появился в кастомном смокинге Bottega Veneta с акцентированными плечами и расслабленным кроем - в стилистике, которую он развивает вместе с Домом, чьим амбассадором стал в прошлом году. Как же нам по душе эстетика Элорди - лёгкая небрежность и едва уловимые акценты: перстень на мизинце и маленькие серьги. Определённо нравится! Autor: AZIZA DANIYAROVA #venicefilmfestival
Julia Roberts Venetsiya kinofestivali qizil yo‘lagida voqea miqyosiga monand bo‘lgan qiyofada debyut chiqish qildi. Julia Atelier Versace tomonidan o‘zi uchun maxsus yaratilgan libosda ko‘rinish berdi. Mazkur ko‘ylak brendning yangi kreativ direktori — Dario Vitale rahbarligida yaratilgan. Sodda, biroq e’tiborni tortuvchi, to‘q ko‘k rangdagi bu libos krepdeshin matosidan tikilgan bo‘lib, bunga 300 soatdan ortiq qo‘l mehnati sarflangan. Chopard‘ning nafis zeb-ziynatlari bu puxta o‘ylangan obrazni yana-da bejirim ko‘rsatdi. Mukammal tanlov! _____ На красной дорожке Венецианского кинофестиваля Джулия Робертс дебютировала в образе, который точно соответствовал масштабу события. Для выхода она выбрала кастомный наряд от Atelier Versace, созданный под руководством нового креативного директора бренда - Дарио Витале. Сдержанный, но выразительный, темно-синий образ был выполнен из крепдешина и говорят, потребовал более 300 часов ручной работы. Изысканные украшения Chopard расставили финальные акценты в этом тщательно продуманном образе. Просто безупречна! Autor: AZIZA DANIYAROVA Video: @valeriiarii #venicefilmfestival
Maison Margiela moda uyi Miley Cyrus ishtirokidagi 2025-yil uchun kuzgi kampaniyasini taqdim etdi. Asosiy sahnalardan birida xonanda oq bo‘yoqqa burkanib, brending mashhur Tabi etiklarida suratga tushdi. Bu orqali brend asoschisi Martin Margiela tomonidan shaxsan ishlab chiqilgan bianchetto texnikasiga ishora qilingan. Unda narsalar oq bo‘yoq bilan qoplanib, oppoq qog‘ozga aylanadi. Vaqt o‘tishi bilan tarix bu qog‘ozda o‘z izlarini qoldira boshlaydi. _____ Модный дом Maison Margiela представил осеннюю кампанию 2025 года с участием Майли Сайрус. В одной из ключевых сцен певица позирует в белой краске и фирменных ботинках Tabi - отсылка к технике bianchetto, которую лично разработал основатель бренда Мартин Марджела. В ней предметы покрываются белым слоем, превращаясь в чистый холст, чтобы подчеркнуть след времени. Autor: NATALIA SHIN Credits: @maisonmargiela
Noomi Rapace uzoq vaqtdan beri sodiq qolgan Alexander McQueen brendiga murojaat qilib, sinovdan o‘tgan klassikani tanladi. Xuddi superqahramonlar tasvirlangan filmlardagi yopinchiqlarni eslatuvchi shleyfga ega qora libos nafislikka o‘ziga xos dramatizm bag‘ishladi. Go‘yo yana bir lahzadan so‘ng Numi uchib ketadigandek tuyulardi. Numining bu qiyofasi oddiy bir haqiqatni yana bir karra isbotladi: klassika jonli bo‘lishi va kutilmagan ko‘rinishga kirishi mumkin va u hech qachon modadan qolmaydi. _____ Нуми Рапас обратилась к проверенной классике, выбрав Alexander McQueen - бренд, которому остаётся верна уже очень давно. Образ в чёрном с драматичным шлейфом, словно плащ героини из супергеройских кинолент, придавал строгой элегантности нотку драматизма и силы. Казалось, ещё миг - и Нуми взлетит. Её появление вновь доказало: классика может быть неожиданной, живой и никогда не выйдет из моды. Autor: AZIZA DANIYAROVA Video: @valeriiarii #venicefilmfestival
«Jay Kelly» filmi premyerasida George va Amal Clooney haqiqiy muhabbat — eng kuchli taassurot qoldiradigan aksessuar ekanini yana bir bor namoyish etishdi. George Noah Baumbachning yangi ishini namoyish etayotganda, Amal uning yonida 1995/96-yil kuz-qish to‘plamidan olingan arxiv libosi — Jean-Louis Scherrer by Erik Mortensenda ko‘zni qamashtirib turardi. Oldi kalta qilib ishlangan, orqasida esa shamolda hilpirab turadigan fuksiya rangidagi shleyfi bor bu libos ham nafis, ham e’tiborni tortadigan darajada yorqin edi. Haqiqatda Venetsiya festivalini zabt etishga ulgurgan juftlik. _____ На премьере фильма «Джей Келли» Джордж и Амаль Клуни вновь напомнили, что настоящая любовь - самый эффектный аксессуар. Пока он представлял новую работу Ноа Баумбаха, она блистала рядом в архивном платье Jean-Louis Scherrer by Erik Mortensen из коллекции осень-зима 1995/96 - дерзком и изысканном одновременно, с коротким передом и драматичным шлейфом цвета фуксии, улавливавшим каждый порыв ветра. Пара, которая уже покорила Венецианский фестиваль. Autor: AZIZA DANIYAROVA Video: @valeriiarii #venicefilmfestival
Emma Stone Venetsiyadagi Bugonia premyerasiga Louis Vuitton‘ning korsetli lif va kumush rangdagi bezaklar bilan ishlov berilgan bubble-etakdan iborat libosida tashrif buyurdi. Me’morchilik chizgilari kabi aniq va geometrik shakllar hamda matoning yengil harakati aktrisa qiyofasi o‘ta zamonaviy va shu bilan birga kinematografik bo‘lishini ta’minladi. Minimalistik pardoz va kalta soch turmagi barcha e’tiborni libosga yo‘naltirdi, natijada aktrisaning qizil yo‘lakdagi har bir qadami nigohlarni o‘ziga tortib, kinotasma uchun olingan kadrdek ko‘rindi. _____ Эмма Стоун выбрала для венецианской премьеры Bugonia кастомный Louis Vuitton — корсетный лиф и скульптурный bubble-подол, вышитый серебристым сиянием. Сочетание архитектурных линий и лёгкой игры ткани сделало силуэт современным и кинематографичным. Минимальный макияж и короткая стрижка оставили акцент на платье, превращая каждый шаг по красной дорожке в кадр хроники. Video: @valeriiarii #venicefilmfestival